image-2021-03-15-132225
Vicco topics

“Mening yo’ldoshim” tanlovi

Eng bahoriy tanlov o’tkazishimizni istaysizmi? ?

Va eng halol*

“Mening yo’ldoshim” tanlovi?

Sovuq o’tib ketganidan keyinoq, biz hammamiz oilalarimiz bilan tabiatga, bog’larga, tog’larga va pikniklarga yo’l olamiz. Agar buning uchun sizning farzandingizga Woom Bikesdan ajoyib velosiped taklif qilsak nima deysiz

Shartlar bu safar o’ta darajada shaffof bo’ladi:

– Farzandingizni va uning bitta “yo’ldoshini” (onasi, otasi, akasi, opasi, do’sti, buvisi yoki bobosini) tabiatda suratga olish, bolakay mos tarzda Vicco poyafzalida;

– Natijani fayl qilib bizning elektron pochtamizga yuboring: [email protected];

– Maktub mavzusida bolaning ismi, familiyasi va yoshi ko’rsatilgan bo’lishi kerak;

– Fotosurat ostida sizning fotosuratingizdagi sarguzasht haqida kichik matn bo’lsin.

Misol: Biz oilamiz bilan tog’ga bordik, varrak uchirdik va men birinchi marta ko’k bahor somsalarini tatib ko’rdim. Biz vaqtni ajoyib tarzda o’tkazdik. Fotosuratda men yo’ldoshim bilanman, bu mening otam. Biz tabiatni va birgalikda vaqt o’tkazishni sevamiz.

image-2021-03-16-142749

Fotosuratlar 3 ta tekshirish bosqichidan o’tadi

1️⃣Vicco jamoasi fotosuratlarni tanlov shartlariga muvofiq tanlaydi. Afzallik hamisha yaxshi sifatli va qiziqarli mavzuli fotosuratlarga beriladi.

2️⃣ 30 apreldan 2 maygacha professional fotograflar jamoasi o’z fikriga ko’ra keyingi ovoz berish uchun 20 ta eng yaxshi lavhalarni tanlaydi. Fotograflar ro’yxatini 19 aprel kuni e’lon qilamiz

Ekspertning fikri shubhasizdir*

3️⃣ 2-maydan 9-maygacha VICCO  ning har bir filialida biz yakuniy tanlov ishtirokchilari bo’lgan albomlarni joylashtiramiz. Shunday qilib, har bir xaridor tanlovda ovoz berish imkoniyatiga ega bo’ladi.

? 1 chek – 1 ovoz ?

10 may kuni biz ovozlarni sanaymiz va bitta g’olibni e’lon qilamiz.

Fotosuratlarga asosiy talablar:

 – Fotosurat a’lo sifatli va og’irligi kamida 1 MB bo’lishi kerak;

 – Qahramon bolani yorug’ligi yaxshi joyda va yaxshi rakursda rasmga olish (bu haqida aytib o’tamiz)

 – Sarguzasht va sarguzasht tarixi juda qiziqarli va maroqli bo’lishi kerak. Ushbu sarguzasht matnining hajmi 250-300 belgidan oshmasligi kerak.

 – Fotosuratlarda tanlov uchun zarur bo’lgan quyidagi elementlar bo’lishi kerak:

  1. Sayohat (mashinada yoki piknikda, tog’lardagi sayr va hokazo).

  2. Fotosuratda asosiy qahramon bilan birga yo’ldosh yoki yo’ldoshlari bo’lishi

  3. Va, albatta, Vicco poyabzali?

Ikkinchi bosqichga o’tish

Ikkinchi bosqichga o’tish haqida javobni siz ishtirokchi raqami bilan birga ishtirok etish uchun ariza yuborilgan vaqtdan boshlab 24 soat davomida elektron pochtangizga olasiz

Har bir qahramon faqat 1 ish topshirishi mumkin. Oilangizda bir nechta bola bo’lsa, har bir bola uchun 1 ishdan topshirishingiz mumkin

To’g’ri rakurs

Telefonlardagi barcha kameralar asosan keng qamrovga ega ekanligini, biz esa obrazni va ayniqsa, poyabzallarni ko’rsatishimizni hisobga olsak, sizga PASTDAN YUQORIGA olingan rasm yordam beradi.

– Telefonni 90 gradus ostida tekislang;

– Ko’rinishni modelning oyoqlari darajasida o’rnating;

– Kameraning/telefonning yuqori qismini asta-sekin o’zingizga eging;

– Lahzani tutamiz va rasmga olamiz!

image-2021-03-16-142908

Va, albatta, ishingizni yanada yaxshiroq qilish uchun bir necha maslahatlar:

Farzandingiz bilan qiziqarli hikoya- xotira yozing. Tasavvurlaringizga erk bering va ehtimol aynan siz g’olib bo’lasiz! Sizning hikoyangiz + fotosuratingiz qanchalik yaxshi bo’lsa, g’alaba qozonish ehtimoli shuncha ko’proq

(Belgilar chegarasi) 250-300

 Muhim eslatma:

Biz ishni faqat bolalarning ota-onasidan yoki rasmiy vasiylaridan qabul qilamiz. Kompaniya begona fotosurat yoki boshqa birovning farzandining fotosuratini yuborgan ishtirokchilarni tanlovdan chiqarib yuborish huquqini o’zida saqlab qoladi

Ota-ona yoki rasmiy vasiy, tanlovda ishtirok etish uchun fotosurat yuborsangiz, siz tanlovning barcha shartlariga rozilik bildirasiz. Sizning fotosuratlaringiz marketing maqsadlarida bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda foydalanishi mumkin.

Umid qilamizki, biz barcha savollarga javob bera oldik, agar yangilari paydo bo’lsa, yozing va qo’ng’iroq qiling. Biz hammasiga maksimal darajada tez javob beramiz.

Bundan tashqari VICCO jamoasi “Hafta favoritlariga” har hafta 300,000 so’m miqdorida sertifikatlar sovg’a qiladi ?

Woom Bikesdan asosiy sovrinni esa biz g’olibning nomi va jinsi ma’lum bo’lganidan so’ng, AQShdan buyurtma qilamiz ?  ?

Sovg’ani pul ekvivalentiga almashtirish mumkin emas

Eng yaxshi xotiralarni VICCO bilan birga yarating