"Bahor-Yoz 2022" yopishgichli poyabzal хarid qilganlar uchun ma'lumot.
Vicco topics

“Bahor-Yoz 2022” yopishgichli poyabzal хarid qilganlar uchun ma’lumot.

Biz har doim o’z mahsulotlarimizni yaxshilashga harakat qilamiz va kichkintoylarimiz uchun yangi, qulayroq yechimlarni taklif qilamiz.

Bahor-Yoz 2022 to’plamidagi yangi modellar uchun yopshigich bilan ham shunday yo’l tutdik.

Qisqa tolali yopishgichlar oson yopishadilar va estetik ko’rinishga ega.

Biroq biz ishlab chiqarishda bo’lgan bir nechta muammoli holatlarini aniqladik va buni ochiqdan-ochiq e’lon qilamiz, chunki sizning ishonchingizni saqlab qolish biz uchun muhimdir.

Agar siz хarid qilgan poyabzalning yopishgichi o’z holatini yo’qotgan yoki yaxshi yopishmayotgan bo’lsa, biz bilan bog’laning. Onlayn, har qanday aloqa kanallari orqali bog’lanishingiz mumkin. Biz o’zimiz poyabzalingizni butunlay bepul olib ketib, ta’mirlab,  sizga yetkazib beramiz.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, bu muammo sizning poyabzalingiz bilan sodir bo’lmasligi ham mumkin, chunki butun poyabzal to’plamining faqat 10% da bunday muammo kuzatildi.

Eslatma:

• Ushbu ma’lumot 2022-yil 20-martdan xarid qilingan poyabzallarga taalluqlidir.

• Maqolada keltirilgan muammo bilan duch kelishi mumkin bo’lgan poyabzallar nomlari: Asimo, Josh, Luffy, Luffy II, Niro, Picasso, Sam, Zany.

Telegramdagi menejer: @viccouzb

Telefon: +998 71 205 09 19

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *