“Oldindan buyurtma berish” xizmati bu nima?
Bu xizmat bepul bo’lib, sizga quyidagilarga imkon beradi:
1) Kelishi kutilayotgan to’plam bilan tanishish;
2) Poyabzallarni do’konlarda sotuvga qo’yilishidan avval buyurtma qilish;
3) Cheklanmagan miqdordagi model va o’lchamlarga buyurtma berish, istaganingizda esa, buyurtmani to’liq yoki qisman bekor qilish.
“Oldindan buyurtma berish” xizmati kim uchun kerak?
Biz, oldindan buyurtma berish xizmatini kuzgi “Kuz 2021” Vicco kollektsiyamizni uzoq kutganlar uchun ishga tushurmoqdamiz.
Shuningdek, oldindan buyurtma berish xizmati, vaqtini behuda sarflamoqchi bo’lmagan insonlar uchun juda qulay. Ishlaydigan ota-onalar, bolalari bilan uydan chiqishga qiynaladiganlar, uyda vaqt o’tkazishni yoqtiradiganlar va shunchaki do’konda vaqt ketkazib xarid qilishni emas, balki Internetda tezda xarid qilishni yaxshi ko’radiganlar uchun.
“Oldindan buyurtma berish” xizmati qanday ishlaydi?
1) Veb-sayt yoki telegram bot orqali buyurtma berganingizdan so’ng, bizning operatorlarimiz buyurtmangizni aniqlashtirish uchun bir necha soat ichida siz bilan bog’lanadi.
2) Oldindan buyurtma berish uchun, siz 50,000 so’mlik to’lovni amalga oshirishingiz kerak bo’ladi, to’lovingiz keyinchalik chekning umumiy miqdoridan ayrilib tashlanadi.
3) Buyurtmangizni bizning yetkazib berish hodimimiz orqali 7-10 kun ichida olasiz, chunki to’plamimiz yo’lda kelmoqda va O’zbekistonga yetb kelish jarayonida.
4) To’lovni naqd pul, terminal, PayMe, Click va Apelsin ilovalari orqali qabul qilamiz.
5) Farzandingiz barcha poyabzallarini kiyib ko’rib va siz bir qarorga kelganingizdan so’ng, to’lovni amalga oshirishingiz mumkin.
6) Sizga to’g’ri kelmagan yoki sizga yoqmagan poyabzalni, yetkazib berish hodimimiz orqali qaytarib berib, faqat o’zingizga kerak bo’lgan poyabzal uchun to’lov qilsangiz kifoya.